<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Hizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<aka>Omon, Omon, Omonda (anʼanaviy)</aka>
<title>Xudo Bizlar Tomonda</title>
<lyrics>[V1]
 Omon, omon, omonda
 Shodlik boʻldi jahonda.
 Kim bizlarga bas kelar
 // Xudo bizlar tomonda. //

[V2]
 Qoʻrqma boʻlsa gar toʻfon
 Xujum qilsa gar yomon
 Faqat Rabbimga ishon
 // Xudo bizlar tomonda //

[V3]
 Tiz choʻkmagin shaytonga
 U ishlatgan yolgʻonga
 Oʻt ketsa gar jahonga
 // Xudo bizlar tomonda //

[V4]
 Qolmagin ogʻir kunga
 Aylanmasin kun tunga
 Yukingni topshir Unga
 // Xudo bizlar tomonda //

[V5]
 Koʻksingni teshmaydi oʻq
 Kuydirmas oyogʻing choʻgʻ
 Vaʼdasiga shubha yoʻq
 // Xudo bizlar tomonda //

[V6]
 Sodiq vafodor Oʻzi
 Tirikdir har bir soʻzi
 Senu mendadir koʻzi
 // Xudo bizlar tomonda //

[V7]
 Rabbim deb bosh ursang bas
 Najot topar har bir kas
 Ishon doʻstim har nafas
 // Xudo bizlar tomonda //</lyrics>
</song>